O‘zbekiston | 15:33 / 10.10.2022
10787
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda MDH davlatlari harbiy aloqa boshliqlari yig‘ilishi o‘tkazildi

Samarqandda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar harbiy aloqa boshliqlari navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Markaziy harbiy okrug situatsion markazida MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi qaroriga muvofiq Aloqa boshliqlari muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi kengashi navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar qator muhim masalalarni muhokama qildi. 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilinib, 2025 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ish rejalari belgilandi, aloqa bo‘yicha o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tegishli mashg‘ulotlar rejalashtirildi.

Yig‘ilish so‘ngida MDHga a’zo davlatlar qurolli kuchlarining aloqa boshliqlari harbiy aloqa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va uni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Hujjatga ko‘ra, 2025 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi rejalar belgilab olindi.

Mavzuga oid