Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda 68 yoshli piyoda vafot etdi
Piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotganida uni Damas mashinasi urib yuborgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 oktyabr kuni soat 00:30 larda Samarqand shahri Tong ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas mashinasida harakatlanib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Avvalroq, Samarqandda katta tezlikda harakatlangan Nexia o‘zidan oldinda ketayotgan Damas mashinasining orqa qismidan urib yuborgan. Oqibatda Damas ag‘darilib, uning yo‘lovchisi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:01 / 05.01.2025
Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
15:06 / 04.01.2025
Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
16:46 / 03.01.2025
Qozog‘istonda yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
11:06 / 01.01.2025