O‘zbekiston | 17:40 / 12.10.2022
16404
4 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi yirik ko‘chmas mulk aktivi Artel'ga tegishli kompaniyaga sotildi

Buxoro shahridagi 17,6 gektarlik davlat mulki 110 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor – auksion o‘tkazilishidan 6 kun oldin ochilgan kompaniya bo‘lib, uning Artel'ga tegishli ta’sischisi 6 oy ichida 23 milliard so‘mlik soliq imtiyozi olgan.

Foto: Auksion

Buxoro shahrida joylashgan, sobiq “Buxoroteks” AJga qarashli bo‘lgan yirik davlat aktivi onlayn-auksionda 109,9 mlrd so‘mga sotildi. Bu mulk 17,6 gektar yer maydoni va 115 ming kv metr bino-inshootlarga ega.

“Bankrot deb e’lon qilingan korxonaga tegishli bino-inshootlar 10 yildan ortiq muddat bo‘sh turgan bo‘lib, 2015 yilda “nol” xarid qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan berilgan. Biroq investitsiya majburiyatlari bajarilmagani sababli 2021 yilda shartnoma bekor qilingan”, deyiladi 10 oktyabr kuni e’lon qilingan E-auksion axborotida.

Foto: Auksion

Davlat mulki “Bukhara Next Generation Product” MChJga sotildi. E’tiborlisi, bu korxona 2022 yil 4 oktyabr kuni tashkil etilgan.

Ushbu kompaniyaning 90 foiz ulushi “Next Generation Product” MChJ kompaniyasiga tegishli. O‘z navbatida “Next Generation Product” MChJning 100 foiz ulushi “Artel Electronics” MChJga taalluqli. Artel korxonasi esa Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador.

Katta soliq imtiyozlari

Davlat soliq qo‘mitasining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida 100 foiz ulushi “Artel Electronics” MChJga tegishli bo‘lgan bir qator kompaniyalarga katta miqdorda soliq imtiyozlari berilgan. Xususan, 1 iyul holatiga ko‘ra:

“Next Generation Product” MChJ

  • QQSdan 23,1 mlrd so‘m;

“New Profi Technology” MChJ

  • ijtimoiy soliqdan 2 mlrd so‘m;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 20 mln so‘m;

“Quality Device” MChJ

  • QQSdan 12,4 mlrd so‘m;
  • mol-mul solig‘idan 524 mln so‘m;
  • foyda solig‘idan 476 mln so‘m;
  • yer solig‘idan 188 mln so‘m;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 18 mln so‘m;

“Quality electronics" MChJ

  • QQSdan 14,1 mlrd so‘m;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 36 mln so‘m;

“Prime Electric Engineering” MChJ

  • QQSdan 3,9 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘idan 157 mln so‘m;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 22 mln so‘m; foyda solig‘idan 4 mln so‘m;
  • ijtimoiy soliqdan 3,2 mln so‘m;

“Trust Electronics” MChJ

  • foyda solig‘idan 88 mln so‘m;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 20 mln so‘m;

“Techno Continental” MChJ

  • QQSdan 24,1 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘idan 594 mln so‘m

“Future Industry Systems” MChJ

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 9,7 mln so‘m;

“Artel Technical School” MChJ

  • QQSdan 24,1 mlrd so‘m imtiyozga ega bo‘lgan.

Soliq qo‘mitasi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, yuqorida nomi tilga olingan “Next Generation Product” MChJga quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgani uchun QQS imtiyozlari berilgan.

“Korxona gaz plita, suv isitgich kabi maishiy elektr asboblarini ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ushbu mahsulotlarni eksport qilgan va namunaviy arzon uy-joy qurilishiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda QQS imtiyozi qo‘llagan”, deyiladi qo‘mita izohida.

Mavzuga oid