O‘zbekiston | 10:29 / 17.10.2022
10511
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori bilan davlat fuqarolik xizmatchilari namunaviy qoidalari hamda odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. 

Foto: Getty Images

Nizom bilan kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari tartibga solinadi.

Namunaviy qoidalarga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim: 

  • davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish; 
  • mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish; 
  • murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish va boshqalar.  

Xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi, o‘zining shaxsiy mashinasidan foydalanganda esa tartib-taomillarga amal qilib haydashi, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishi zarur.

Davlat xizmatchilari etikasini buzgan xodimlar intizomiy jazoga tortilishi hamda ogohlantirilishi, rasmiy uzrnoma keltirishi, tanbeh berilishi mumkin.

Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yil 25 oktabr sanasiga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.

Mavzuga oid