O‘zbekiston | 13:43 / 17.10.2022
6428
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir oyda pomidor narxi 36 foizga oshdi

2022 yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining avgust oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir oyda pomidor – 36,0 foizga oshgan. Bodring narxi – 17,4 foizga qimmatlashgan.

O‘z navbatida, kartoshka – 1,8 foizga, banan – 1,0 foizga, shaftoli – 0,8 foizga oshgan.

Bir oy davomida narxi arzonlashgan mahsulotlar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • limon – 8,0 foiz;
  • uzum – 7,9 foiz;
  • piyoz – 7,2 foiz;
  • olma – 4,6 foiz;
  • nok – 3,2 foiz;
  • qovun – 2,2 foiz;
  • tarvuz – 1,7 foiz;
  • sabzi – 1,0 foizga arzonlashgan.

Mavzuga oid