O‘zbekiston | 21:03 / 23.10.2022
11255
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Qirg‘izistonda 23 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:24 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkentdan 342 kilometr janubiy-sharqda kuzatilgan zilzila o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,3 ballga teng bo‘lgan.

O‘zbekiston hududia sezilish kuchi Andijon viloyatining:

  • Xonobod shahrida 3 ball;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 2-3 ballni tashkil etdi.

Andijonda 19 oktyabr kuni ham zilzila qayd etilgandi.

Mavzuga oid