Sport | 16:20 / 24.10.2022
22781
2 daqiqa o‘qiladi

«Boka Xuniors» - 29 karra Argentina chempioni

«Boka Xuniors» Argentina chempioni bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Superliganing so‘nggi turida Buenos-Ayres jamoasi «Independente» bilan durang o‘ynadi – 2:2. Turnir yakuniga ko‘ra, «Boka» 27 bahsda 52 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egalladi. 

2-pog‘onani 50 ochko bilan «Racing» egallagan bo‘lsa, «River Pleyt» 47 ochko bilan uchinchi bo‘ldi. Ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi tur o‘yinida 2:1 hisobida «River» g‘alaba qozondi.

Bellashuvning 90-daqiqasida — hisob 1:1 bo‘layotganida «Rasing» yarimhimoyachisi Xonatan Galvan penaltini golga aylantira olmadi — darvozabon zarbani qaytardi. 95-daqiqada esa «River Pleyt» hujumchisi Migel Borxa g‘alaba to‘pini kiritdi. Agar «Racing» penaltidan foydalanib g‘alaba qozonganida, turnir jadvalida «Boka»ni ortda qoldirib, chempion bo‘lardi.

Shu tariqa «Boka Xuniors» 29-bor mamlakat chempioniga aylandi. Bu borada rekord «River Pleyt»ga tegishli — 36.

Mavzuga oid