O‘zbekiston | 17:53 / 29.10.2022
11108
5 daqiqa o‘qiladi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab katta ko‘tarinkilik bilan tashkil etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining “dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ham faol ishtirok etmoqda. Bugun, 29 oktabr kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarida hashar tashkil etildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Jami, “dolzarb 40 kunlik” doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning korxonalari tomonidan 70 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan.

Bundan, asosiy e’tibor har bir hududning iqlimiga mos, suvsizlikka chidamli, tez o‘sadigan yaproq va igna bargli hamda mevali daraxtlar ko‘chatlari tanlanishiga qaratildi. Ayni kunlarda stansiya va markazlarda ko‘chatlarni o‘tqazish barobarida, ko‘kalamzorlashtirilishi kerak bo‘lgan yerlarni yumshatish, ortiqcha chiqindilardan tozalash, sug‘orish tizimini nazoratdan o‘tkazish kabi ishlar ham olib borilmoqda.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari 
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari 

Ayni kungacha “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning korxonalari tomonidan loyiha doirasida 26 gektar yer maydoniga jami 16 mingga yaqin tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishiga erishildi.

“Mahallabay” ishlash tizimi va “Yashil makon” loyihasi asosida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani Alimkent ko‘chasi bo‘ylab daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. O‘tgan yili bu yerda loyiha doirasida zamonaviy “yashil bog‘” va tutzor barpo etilgan edi. 

Foto: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ  Toshkent shahri Alimkent ko‘chasi
Foto: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ  Toshkent shahri Alimkent ko‘chasi
Foto: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ  Toshkent shahri Alimkent ko‘chasi

Navoiy IES joylashgan hudud yoz kunlarida o‘zining jaziramasi, qishda esa quruq sovuq ob-havosi bilan izohlanadi. Qishin-yozin harorat mo‘’tadilligini ta’minlash uchun elektr stansiyasi atrofida “Yashil belbog‘” loyihasini amalga oshirish o‘zining natijasini bermay qolmaydi.

Foto: Navoiy IES
Foto: Navoiy IES

Toshkent IES Qibray tumanining shinam go‘shasida joylashganligiga qaramasdan, elektr stansiya xodimlarining maqsadi nafaqat hudud, balki atrof mahallalar obodligiga ham munosib hissa qo‘shishdir.  

Toshkent IES
Toshkent IES

To‘raqo‘rg‘on IES uchun ushbu loyiha muhim ahamiyatga ega, chunki stansiya atrofi ochiq tosh va qumli hududda joylashgan. Bu yerda yashil landshaftning yaratilishi, ishchi-xizmatchilar salomatligini muhofaza etish bilan birga, elektr stansiyasining asosiy uskunalarini qum bo‘ronlaridan himoya etish imkonini yaratadi.

Foto: To‘raqo‘rg‘on IES
Foto: To‘raqo‘rg‘on IES

Farg‘ona IEM energo obektlar ichida eng yashil va ko‘rkam hisoblansa-da. Issiqlik elektr markazi jamoasi bu yilgi loyiha doirasida yana 6 mingta ko‘chat o‘tqazishni rejalashtirgan.

Foto: Farg‘ona IEM
Foto: Farg‘ona IEM

Muborak IEM korxonasi hududida ekologik muhitni yanada yaxshilash, xodimlar salomatligini muhofaza qilish zaminidir. Bu yerda 1,5 gektar yer maydonida 3 ming dona manzarali va mevali daraxtlar o‘tqaziladi.

Foto: Muborak IEM
Foto: Muborak IEM
Foto: Muborak IEM

Toshkent IEM poytaxtimizning qoq markazida joylashgan, markaz tomonidan loyiha doirasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati shu bilan muhimki, bu Toshkent shahri hududining ekologik muvozonatini saqlashga imkon beradi.

Foto: Toshkent IEM 
Foto: Toshkent IEM 

Taxiatosh IES xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘zgacha mas’uliyat bilan yondashishmoqda. Chunki ushbu jarayonda Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Orolbo‘yi hududida iqlim sharoitini yaxshilash, hududni ko‘kalamzorlashtirish masalasi turibdi.

Sirdaryo IES malakatimizdagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Bu yerda 2 ming nafarga yaqin xodimlar mehnat qilishmoqda. Bu yerda ham iqlimning o‘ziga xos nozik jihatlaridan kelib chiqib mos ko‘chatlar ekilmoqda.

“Tolimarjon IES” AJ jamoasi mamlakatimiz janubiy issiq iqlimiga mos, chidamli ko‘chatlar o‘tqazilishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Korxonalar tomonidan nafaqat ko‘chatlarni ekish, balki ularning keyingi parvarishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘tgan yili “Yashil makon” va “Yashil yillik” loyihalari doirasida yerga qadalgan har bir niholning unib o‘sishi uchun mas’ullar belgilanib, sug‘orish ishlari reja jadval asosida olib borilgan edi. Bu yil ham mazkur ishlar lozim darajada tashkil etilmoqda. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid