Yog‘ingarchilik sabab Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi (video)
Ertalabdan buyon to‘xtamayotgan yomg‘ir shaharning drenaj tizimidagi ahvolni yana bir marta ko‘rsatib qo‘ydi. Chinni bozor yaqinidagi ko‘prik, General Uzoqov ko‘chasi va poytaxtning ko‘plab yerosti o‘tish joylariga suv to‘planib qoldi.
Ta’kidlash kerakki, bu – noodatiy jala yoki anomal ravishda uzoq yog‘gan yomg‘ir emasdi. Lekin shu ham shahar ko‘chalariga suv toshishi uchun yetarli bo‘lyapti.
Nafaqat Toshkent, O‘zbekistonning aksariyat shaharlarida drenaj tizimi ishdan chiqqan, shaharsozlik va qurilishlarda bu masalaga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Toshkent shahar hokimligi 2018 yilda drenaj-lotok tizimining holatini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzgan edi.
“Ishchi guruh tarkibiga tegishli tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Suvsoz” korxonasi va tashabbuskor shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinib, yuqorida ko‘rsatilgan holatlarning kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi va bajarilishi ta’minlanadi. Takliflarni ishlab chiqishda dunyoning yirik megapolis shaharlarida qo‘llangan zamonaviy texnologik yechimlar o‘rganiladi va qo‘llanadi”, – deyilgandi hokimlik bayonotida.
Mavzuga oid
18:44
Qurilish vazirligiga shaharsozlik normalariga zid hujjatlarni bekor qilish vakolati berildi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024