Zelenskiy Putin ishtirok etgan taqdirda G20 sammitiga bormasligini eslatdi
Ukraina prezidenti G20 sammitida ishtirok etishga tayyor, biroq, faqat Rossiya prezidenti bormagan taqdirda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga tayyorgarlik haqida ma’lum qildi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, agar u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘lsa, sammitga bormaydi.
«Shaxsan o‘zimning va Ukrainaning pozitsiyasi shundan iboratki, agar Rossiya Federatsiyasi rahbari ishtirok etsa, Ukraina qatnashmaydi», dedi Zelenskiy.
Rossiya, Ukrainadan farqli o‘laroq, G20 a’zosi hisoblanadi. Avvalroq, Ukraina rahbari Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan edi. Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u indoneziyalik hamkasbidan yig‘ilishga taklifnoma olgan.
Shuningdek, Joko Vidodo Putinni ham sammitga taklif qildi. Biroq 31 oktyabr kuni Rossiya prezidenti yig‘ilishda ishtirok etish borasida hali bir qarorga kelmaganini ma’lum qildi. 27 oktyabr kuni u G20 yig‘ilishida Rossiya ishtirok etishini, biroq o‘zi bormasligi mumkinligini aytdi.
2 noyabr kuni Indoneziya rahbari uch davlat vakillari G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqlamaganini ma’lum qildi. Joko Vidodo ular qaysi davlat ekanini aytmadi.
G20 — iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlarni, jumladan AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Xitoy, Rossiyani birlashtirgan tashkilotdir. Ukraina G20 tashkilotiga a’zo emas. 30 oktyabr kuni Zelenskiy Moskvaning don bitimidagi ishtirokini to‘xtatgani uchun Rossiya Federatsiyasini tashkilotdan chiqarishni taklif qilgan edi.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024