O‘zbekiston | 21:12 / 05.11.2022
46538
1 daqiqa o‘qiladi

Taxiatosh tumani hokimi qamoqqa olindi

Sobiq prokuror, ayni paytda hokim Ilhom Matkarimov fermerdan firibgarlik yo‘li bilan 100 mln so‘m pul olganlikda ayblanyapti. Tergovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi olib bormoqda.

Foto: Taqiatosh tumani hokimligi matbuot xizmati

1 noyabr kuni Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan 100 mln so‘m pul olgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga tayanib, O‘zAning xabar berishicha, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 25, 211-moddasi (pora berish) 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.

Tergovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi olib bormoqda.

Ilhom Matkarimov 2020 yil iyunidan buyon Taxiatosh tumanini boshqarib kelmoqda. U 2018—2020 yillarda Mo‘ynoq tumani prokurori bo‘lgan.

  • Oktyabr oyi oxirida Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlangan edi.
  • Hozirda Surxondaryoning Termiz shahri va Muzrabot tumani sobiq hokimlari, shuningdek, Qarshi shahrining sobiq hokimi ustidan tergov ketyapti.

Mavzuga oid