O‘zbekiston | 16:55 / 06.11.2022
11155
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshi-Toshkent yo‘nalishidagi reys noqulay ob-havo sababli kechiktirildi

Foto: Kun.uz

5 noyabr kuni Qarshidan Toshkentga uchishi rejalashtirilgan samolyot parvozi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqa muddatga qoldirilgan. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qarshi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, 5 noyabr kungi HY070 Qarshi–Toshkent yo‘nalishidagi qatnov 6 noyabr soat 05:30 ga majburiy ko‘chirilgan.

Qatnov ekipaji soat 05:30 qadar ob-havo yaxshilanishini kutgan va ekipajning ish vaqti tugagani ma’lum bo‘lgan. Havo kemasi sardori qatnovni soat 12:00 ga ko‘chirishga qaror qilgan.

6 noyabr kuni Qarshi–Toshkent yo‘nalishidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga yetib borgan.

«Uzbekistan Airways aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid