Jahon | 16:22 / 08.11.2022
8750
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Kongressga oraliq saylovlar boshlandi

Foto: Reuters

Vakillar palatasidagi barcha 435 o‘rin va Senatdagi yuz o‘rindan 35 tasining taqdiri hal qilinmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Baydenning demokratlari jiddiy mag‘lubiyatga uchrashi mumkin

AQShda 8 noyabr, seshanba kuni Kongressga oraliq saylovlar boshlandi. AQSh prezidenti Jo Baydenning demokratlari mamlakat qonun chiqaruvchi organining har ikki palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotish xavfi ostida. So‘rovlarga ko‘ra, sobiq prezident Donald Tramp boshchiligidagi respublikachilar Vakillar palatasi ustidan nazoratni qayta qo‘lga kiritish va Senatda ko‘pchilik o‘rinni egallash uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Oraliq saylovlar Vakillar palatasidagi barcha 435 o‘rin va Senatdagi 100 o‘rindan 35 tasi taqdirini hal qiladi. Ikkala palatadagi ko‘pchilik o‘rinning yo‘qotilishi Bayden uchun mamlakat boshqaruvini jiddiy ravishda murakkablashtiradi, chunki respublikachilar uning Kongressdagi kun tartibini butunlay to‘sib qo‘yishlari mumkin.

Joriy oraliq saylovlar natijalari Trampning 2024 yilda AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylanishga urinishi yoki yo‘qligini hal qilishda katta rol o‘ynashi mumkin. 76 yoshli Tramp respublikachilarning muvaffaqiyatidan foydalanib, bo‘lajak prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini e’lon qilishi mumkin, deydi kuzatuvchilar.

Mavzuga oid