Rossiya Xersonni «o‘lim shahri»ga aylantirmoqchi - Podolyak
Dushman artilleriyasi shaharni vayronaga aylantirishni rejalashtirmoqda, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari.
Rossiya harbiylari Xersondagi kvartiralar va kanalizatsiyalarni minalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ijtimoiy tarmoqda yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Xersonni «o‘lim shahri»ga aylantirmoqchi.
«Rossiya harbiylari iloji boricha hamma joyni minalashtirmoqda: kvartiralarni, kanalizatsiyani. Chap qirg‘oqdagi artilleriya shaharni xarobaga aylantirishni rejalashtirmoqda. «Rus dunyosi» shunday: ular keladi, talon-toroj qiladi, bayram qiladi, «guvohlarni» o‘ldiradi, shaharni xarobaga aylantiradi, keyin ketadi», dedi Podolyak.
9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu qo‘shinlarni Xersondan olib chiqish haqida buyruq berdi. Shu kuni Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Surovikin harbiylar Xersonni tark etishini e’lon qildi.
10 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Xersondan rus qo‘shinlari olib chiqilayotgani haqidagi ma’lumotni inkor etolmasligi yoki tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
21:15
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43