Jahon | 17:00 / 17.11.2022
8712
3 daqiqa o‘qiladi

Myanma harbiy xuntasi 6000 ga yaqin mahbusga amnistiya e’lon qildi

Amnistiyaga tushganlar orasida Buyuk Britaniyaning sobiq elchisi Vikki Boumen, shuningdek, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chji ham bor. 

Foto: AP

Myanma harbiy xuntasi Buyuk Britaniyaning sobiq elchisi Vikki Bouman va ikki yil avval amalda hukumat rahbari (davlat maslahatchisi) lavozimidan chetlatilgan, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chji doxil 6000 ga yaqin mahbusni amnistiya qildi. Bu haqda 17 noyabr, payshanba kuni KNA agentligi xabar berdi. Jami 5098 erkak va 676 ayol amnistiyaga tushgan

Boumanning turmush o‘rtog‘i, rassom Xteyn Lin va uch nafar xorijlik: yaponiyalik jurnalist va hujjatli film yaratuvchisi Toru Kubota, avstraliyalik iqtisodchi Shon Tyornel (Aun San Su Chjining sobiq maslahatchisi) va amerikalik botanik Chjuo Xtay Oo ozod etilgan. Harbiy xuntaning bildirishicha, Su Chjining ag‘darilgan hukumatidan uch nafar sobiq vazir ham ozod qilinadi.  

Tailandning sobiq tashqi ishlar vaziri, ASEAN Inson huquqlari bo‘yicha parlamentariylar kengashi a’zosi Kasit Piromya shunday deb ogohlantirdi: «Bu Myanma generallari juda uzoq vaqtdan beri o‘ynab kelayotgan o‘yin; hech kim bu hiylaga berilmasligi kerak». To‘xtovsiz vahshiyliklar davomida ular vaqti-vaqti bilan «xalqaro bosimni yumshatish va qonuniylikka erishish uchun» go‘zal xayrixohlik ishorasini qilishadi. Bu imtiyozlar «har kuni sodir etayotgan jinoyatlariga nisbatan kichikdir». 13 mingdan ortiq siyosiy mahbus hamon qamoqda, dedi u. 

Myanmada 2021 yil fevral oyida harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Generallar buni 2020 yilgi saylovlardagi qonunbuzarliklar bilan izohlashdi, unda Aun San Su Chjining «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi katta farq bilan g‘alaba qozondi. Harbiylar qonunbuzarliklar haqida dalillar keltirmadi.

Huquq himoyachilarining aytishicha, Su Chji shou jarayonining qurboni bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, harbiy xunta o‘tmishda allaqachon ko‘p yillarni uy qamog‘ida o‘tkazgan siyosatchi ovozini abadiy o‘chirish niyatida. 2022 yil iyun oyida Su Chji uy qamog‘idan poytaxt Neypidoda bir kishilik kameraga o‘tkazildi.

Mavzuga oid