Harbiy ayollar uchun «To‘maris» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Prezidentning «To‘maris» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Davlat rahbari qarori bilan «To‘maris» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom va «To‘maris» ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, Markaziy bank «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan «To‘maris» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.
«To‘maris» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ko‘krak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ular topshirig‘iga muvofiq, boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Mavzuga oid
15:47 / 28.11.2024
Britaniyada "To‘maris" ayollar jamoat birlashmasi tashkil etildi
10:56 / 23.01.2023
IIO bo‘linmalari huzurida “To‘maris izdoshlari” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
07:56 / 11.11.2022
«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta’sis etildi
12:02 / 27.10.2022