O‘zbekiston | 10:53 / 21.11.2022
9788
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p baliq ovlanayotgani ma’lum bo‘ldi

Qaysi hududda eng ko‘p baliq ovlangani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-sentabr oylarida respublikada 83,3 ming tonna baliq ovlangan. 

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi bo‘yicha Xorazm viloyati yetakchilik qilmoqda – 13,9 ming tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 8,3 ming tonna hamda 7,8 ming tonna baliq ovlangan Navoiy viloyati va Andijon viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Toshkent viloyati – 7,7 ming tonna; 
  • Jizzax viloyati – 7,7 ming tonna;  
  • Farg‘ona viloyati – 6,1 ming tonna; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 5,7 ming tonna; 
  • Buxoro viloyati – 5,6 ming tonna; 
  • Samarqand viloyati – 5,6 ming tonna; 
  • Qashqadaryo viloyati – 4,5 ming tonna; 
  • Sirdaryo viloyati – 4,0 ming tonna;  
  • Namangan viloyati – 3,4 ming tonna;  
  • Surxondaryo viloyati – 2,9 ming tonna.

Mavzuga oid