Jamiyat | 09:22 / 22.11.2022
15531
7 daqiqa o‘qiladi

Ikigai - yashash uchun sabab. Siz o‘z ikigai’ngizni topdingizmi?

Ikigai - yapon xalqining yashash tarzini qamrab olgan qadimgi falsafasi. Ba’zilar bu hatto ularning baxti va uzoq umr ko‘rishining sababi deb hisoblashadi. Ushbu maqolada “ikigai”ning ma’nosi va ahamiyati haqida gaplashamiz.

Foto: ecostore

Ikigai nimani anglatadi?

Ikigai yaponcha tushuncha bo‘lib, “bo‘lish sababi” degan ma’noni anglatadi. Yapon tilida «Iki» — «hayot», «gai» esa qiymatni ifodalaydi. Ikigaʼingiz hayotingizning maqsadi yoki baxtingizdir. Bu sizga quvonch keltiradigan va har kuni o‘rningizdan turishga ilhomlantiradigan narsa.

Shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy yapon falsafasi sizning baxtingizni topishga qaratilgan bo‘lsa-da, g‘arbiy talqinda ikigai orzungizdagi martabani topish usuli sifatida ishlatilgan.

Ikigai’ning g‘arbiylashtirilgan versiyasida aytilishicha, agar sizning karerangiz ushbu to‘rtta xususiyatni o‘z ichiga olca, demak siz o‘zingizning orzungizdagi ishni topgansiz:

  • Ishingizni sevasiz
  • Uning ustasisiz
  • U orqali yaxshi pul topasiz
  • Ishingiz nafaqat o‘zingiz, dunyoga ham kerakligini his qilasiz

Nega ikigai muhim?

Yaponiya o‘rtacha umr ko‘rish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, ayollar 88,09 yil, erkaklar esa 81,91 yil umr ko‘rishadi. Garchi ovqatlanish ratsioni muhim rol o‘ynashi haqiqat bo‘lsa-da, ko‘pchilik yaponiyaliklar ikigai ularning uzoq umr ko‘rishlari va baxtli hayot kechirishi bilan bog‘liq deb hisoblashadi.

Uzoqroq va baxtli hayot kechirishdan tashqari, ikigaiʼngizni bilish sizga yordam berishi mumkin:

  • Ideal ishingizni yarating
  • Ishda kuchli ijtimoiy aloqalarni yo‘lga qo‘ying
  • Sog‘lom ish va hayot muvozanatiga erishing
  • Karera haqidagi orzularingizni amalga oshiring
  • Ishingizdan rohatlaning

O‘z ikigaʼingizni bilsangiz va uning ma’nosini tushunsangiz, o‘zingiz orzu qilgan va jamiyatga kerak bo‘lgan ish bilan uyg‘un bo‘lasiz.

Ikigai qanday paydo bo‘lgan va nima uchun mashhur bo‘lib bormoqda?

Okinava materikdan janubda joylashgan Yaponiya oroli. Orol dunyodagi 100 yoshdan oshgan odamlarning eng yuqori nisbatiga ega va Ikigai Okinava madaniyatida katta rol o‘ynaydi.

Ammo bu yapon siri nafaqat keksalar bilan bog‘liq. Bu Yaponiyada ham, undan tashqarida ham mazmunli ish hayotiga qiziqqan yosh avlodlar orasida mashhur bo‘lib bormoqda.

Ikigaiʼngizni kashf qilish uchun 3 qadam

Ikigaiʼni kashf qilishga yordam beradigan uchta asosiy qadam:

Ikigai’ni topish uchun savollarga javob bering:

1. Siz nimani yaxshi ko‘rasiz?

O‘zingiz yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullanasizmi?

Ish vaqti tugagandan ko‘ra ishga borishdan ko‘proq zavqlanasizmi?

Ishingiz natijalari ruhiyatingizga ta’sir qiladimi?

2. Nimani yaxshi bilasiz?

Odamlar sizdan ishingiz bilan bog‘liq mavzularda maslahat so‘rashadimi?

Ishingizning sizga oson qismlari bormi?

Ishingizda eng yaxshilardanmisiz?

Ishingizda mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi?

Odamlar sizni sevimli mashg‘ulotingiz yoki hunaringiz uchun maqtashadimi?

Ishingizning ustasi bo‘lishni xohlaysizmi?

3. Dunyoga nima kerak?

Ishingizga bozorda talab yuqorimi yoki keraklimi?

Kelgusi yilni, 10 yilni va 100 yilni tasavvur qiling — ishingiz qimmatli bo‘ladimi?

Siz ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik muammoni hal qilyapsizmi?

4. Nima uchun to‘lash mumkin?

Qilayotgan ishingizni boshqalar ham bajara oladimi?

Siz yaxshi kun kechirasizmi/ishingizni bajarib yaxshi pul topasizmi?

Sog‘lom raqobat darajasi bormi?

Agar siz har bir savolga “ha” deb javob bergan bo‘lsangiz, o‘z ishingizni qilishda davom eting! Sevimli mashg‘ulotingizni orzungizdagi kasbga aylantirish uchun qadamlar qo‘yishingiz mumkin.

Agar javoblaringiz yo‘q bo‘lsa-chi?

Ikigai’ngizni topish uchun 4 qadam

1-qadam. Kichik maqsadlarni yarating

Ba’zi yechimlar haqida fikr yuritganingizdan so‘ng ulardan aniq yillik maqsadlarni yaratish uchun foydalaning. Yillik maqsadlaringizni yozib bo‘lgach, ularga erishishingizga yordam beradigan kichik oylik maqsadlarni yarating.

2-qadam. Uni rejalashtiring

Keyinchalik, haftalik (yoki hatto kunlik) maqsadlarni yaratish uchun oylik maqsadlaringizdan foydalaning.

Misol uchun, oylik maqsadingiz yetakchilikni rivojlantirish bo‘yicha treningga borish bo‘lsa, birinchi haftalik maqsadingiz nufuzli o‘quv dasturlarini tadqiq qilish bo‘lishi mumkin.

Endi sizda uzoq va qisqa muddatli maqsadlar ro‘yxati bor, ularni jadval, taqvim yoki daftar yordamida tartibga soling.

Agar unutib qo‘ysangiz, rejalaringizni yozib ofisdagi e’lonlar taxtasiga yoki muzlatkich eshigiga yopishtirishingiz mumkin.

3-qadam. Qo‘llab-quvvatlash tizimini yarating

Maqsadingizni topish haqida gap ketganda, qo‘llab-quvvatlash tizimi bebahodir.

Qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish uchun murabbiy, o‘qituvchilar va shunga o‘xshash maqsadlarga erishgan boshqa mutaxassislarga murojaat qiling.

O‘zaro munosabatlarni rivojlantiring va qo‘llab-quvvatlash tizimingizdan iloji boricha ko‘proq narsani o‘rganing.

4-qadam. Uni sinab ko‘ring

Rasmiy rejangizni amalga oshirishga tayyor bo‘lganingizdan so‘ng, uni sinab ko‘rish vaqti keldi. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlaringizga erishyapsizmi? Sizni bezovta qiladigan narsa bormi?

Berilgan barcha savollarga hozir “ha” deb javob bera olasizmi? Aks holda, maqsad va rejalaringizni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Bu vaqtda so‘rash uchun yaxshi savol: “Men nima qilishim kerakligi yoki nima qilishni xohlayotganimga e’tibor qaratyapmanmi?”

Ikigai’ngizni kashf qilish har doim ham oson emas, lekin ozgina qat’iyat bilan siz unga erishasiz. Bu jarayonda yengishingiz kerak bo‘lgan ba’zi qiyinchiliklar:

Qanchalik kichik bo‘lmasin, maqsadlaringizga qarab harakat qilishda davom eting. Harakatlanishdan to‘xtamang.

Vaqtni ehtiyojlaringizga mos ravishda tartibga solishingiz mumkin. Masalan, bu o‘z ustingizda ishlash uchun bir soat erta uyg‘onishni anglatadi. Yoki siz mashinada bo‘lganingizda rivojlanishingiz uchun kerak bo‘lgan audiolarni tinglang.

Maqsad sari harakat qilayotganingizda qo‘rquv bo‘lishi tabiiy. Ammo ozgina mashq qilsangiz, bu osonroq bo‘ladi.

Mavzuga oid