O‘zbekiston | 11:44 / 22.11.2022
10326
1 daqiqa o‘qiladi

Tuman «Urganch» aeroporti ishini vaqtincha cheklab qo‘ydi

Urganch xalqaro aeroporti bugun tunda uchta reysni qabul qila olmadi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-9616 reysi soat 03:30 da ob-havo sharoiti - quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lgani sababli belgilangan aeroportga qo‘na olmagan hamda Navoiy shahridagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.

Xuddi shu sababga ko‘ra, Moskvadan SBI-3245 reysini amalga oshirayotgan S7 aviakompaniyasi samolyoti Urganch aeroportiga soat 03:00 da qo‘na olmadi. Samolyot Buxoro aeroportiga yo‘naltirildi.

Toshkent – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-53 reysining parvozi ham kechiktirilgan.

Ertalab tuman tarqagach, SBI-3245 reysi Buxorodan Urganchga soat 09:30 da, HY-9616 reysi Navoiydan soat 09:20 da, HY-53 reysi Toshkentdan soat 09:48 da uchdi. HY-53 reysi Urganchga soat 10:55 da qo‘ngan.

S7 Airlines aviakompaniyasining Urganchdan Moskvaga qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 22:05 ga belgilangan.

Mavzuga oid