Jamiyat | 18:52 / 25.11.2022
39518
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv ro‘y berdi

Mushtlashuv Mirobod tumanidagi maktabda «futbol o‘yinidan keyin» kelib chiqqan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Foto: Videodan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 24 noyabr kuni taxminan soat 16:50 da Mirobod tumani «Parvona» mahallasida 125-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktabning 9 va 10-sinf o‘quvchilari futbol o‘ynayotgan vaqtida janjal kelib chiqqan.

Mushtlashuv atrofdagi katta yoshli kishilar tomonidan to‘xtatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid