O‘zbekiston | 08:41 / 28.11.2022
8111
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qahvani asosan qaysi davlatlardan sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga eng ko‘p qahva Italiyadan import qilinmoqda.

Foto: Fotolia

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 433 tonna qahva import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qahva importi 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 152 tonnaga oshgan. 

2022 yil 10 oyida O‘zbekistonga import qilingan qahvaning eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar orasida Italiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 107,5 tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 66,2 tonna hamda 58,9 tonna qahva import qilingan Rossiya va Braziliya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Polsha – 45,6 tonna;
  • Germaniya – 30 tonna;
  • Hindiston – 24,8 tonna;
  • Vetnam – 22,4 tonna;
  • Turkiya – 16,4 tonna.

Mavzuga oid