O‘zbekiston | 11:39 / 29.11.2022
4077
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya O‘zbekiston uy-joy qurilishi sohasiga investitsiya kiritish niyatida

O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida mamlakat Bosh konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan Jidda shahridagi yirik tadbirkor - Muhammad Sindi va Navoiy viloyatidagi Tudakul Garden Park MChJ rahbari Farhod Sirojov o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muhammad Sindi O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholar ekan, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va qurilish sohalariga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasi o‘laroq, tomonlar o‘rtasida 300 ming dollarlik “Investitsiya loyihasini amalga oshirishda o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish to‘g‘risida kelishuv bitimi” imzolandi.

Ushbu sarmoya shartnomasiga muvofiq, Saudiyaning 300 ming dollarlik investitsiyasi asosida Navoiy viloyati Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida jami 60 ta xonadondan iborat bitta besh qavatli turar joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi paytda qurilish loyihalarini ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.

Tadbirkorlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida ham investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid