Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonni AES qurishni tezlashtirishga chaqirdi
RF bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston hukumati AES qurishni tezlashtirishi kerakligi haqida gapirdi. Qurilishi 11 mlrd dollarga baholangan ilk AESni barpo etish ishlari 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar shartnoma shartlarini kelishishda til topisha olmayapti.
Samarqand shahrida Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. TASS xabar berishicha, unda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirgan.
«Biz atom energetikasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni muhim deb bilamiz. Rossiya bilan atom elektr stansiyasini birgalikda qurish yirik loyiha bo‘ladi. Erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirish kerak», - degan Mishustin.
Rossiya bosh vaziri O‘zbekiston tomoni bilan avtomobilsozlik, samolyotsozlik va farmatsevtika sanoatiga oid loyihalar ham muhokama qilinganini ta’kidlagan.
«Katta sarmoyalar mashinasozlik va metallurgiyaga yo‘naltirilmoqda», - deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil dekabrda Rossiya va O‘zbekiston huqumatlari atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolagan. O‘zbekistonda quriladigan birinchi AES qiymati 2018 yilda taxminan 11 mlrd dollarga baholangan edi.
Stansiya umumiy quvvati 2,4 gigavatt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘lishi, u Jizzax viloyati hududida qurilishi reja qilingan. «O‘zatom» va «Rosatom» AES qurilish maydonida injyenerlik ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
«Rosatom» 2020 yil boshidayoq O‘zbekistonda AES qurishni boshlab, birinchi blokni 2028 yilda ishga tushirmoqchi edi. Bu boradagi yakuniy shartnoma hali imzolanmagan. 2020 yil oxirida Rossiya tomoni shartnoma loyihasi deyarli tayyorligi, «faqat texnik jihatlar» qolganini bildirgan, O‘zbekiston tomoni esa shartnoma tayyorligini rad etib, muzokaralarda milliy manfaatlar himoya qilinayotganini ma’lum qilgandi.
2022 yil oktyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvga asosan, qurilajak AESda Vengriyaning sovitish tizimlaridan foydalanilishi belgilandi.
Joriy yil noyabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasidagi tadbirda energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev AES qurishga oid rejalarni tasdiqlagandi.
«Biz atom energiyasiga oid rejalarimizdan voz kechmaymiz. Munozarali masalalarga to‘xtalmoqchi emasman, bu – mamlakatimizda yaratilayotgan energiyaning yangi turi va [biz uchun] umuman yangi usul, biz barcha energiya imkoniyatlaridan foydalanmoqchimiz», - degandi u.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
22:47 / 07.12.2024
Yaponiyada «Simane» AESining ikkinchi reaktori qayta ishga tushirildi
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
11:40 / 19.10.2024