Jamiyat | 17:45 / 03.12.2022
21190
1 daqiqa o‘qiladi

Palovmisan palov

O‘zbek palovi – bu haqiqiy oshxo‘rlar va sharqona taomlarni yaxshi ko‘ruvchilarning taomidir. Dunyoda palov tayyorlashning 100 dan ortiq retsepti mavjud bo‘lib, O‘zbekistonning o‘zida ham bir-biriga o‘xshamaydigan o‘ziga xos turlari mavjud. Boisi har bir mintaqada palov o‘zgacha retsept bo‘yicha pishiriladi. Masalan, Toshkentda “To‘y oshi” tayyorlansa, Andijonda palovga uzum barglarini qo‘shib “Kovatok palov”ni xush ko‘rishadi, Xivada esa palovning eng parhezli turi “Chalov” pishiriladi.

"Oshqoshiq"ning YouTube sahifasidagi yangi sonida yurtimizning turli xil mintaqalarida tayyorlanadigan palov turlari tahlil qilindi. Endi siz oshxo‘rlik uchun joy qidirib o‘tirmaysiz. Boisi bu savolga javobni "Oshqoshiq"ning yangi sonidan topishingiz mumkin.

Mavzuga oid