O‘zbekiston | 13:11 / 07.12.2022
61464
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati kutilyapti

Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati kuzatilishi mumkin.

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" e’lon qilgan xabarda aytilishicha, kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq bo‘lishi kutilyapti.

Qayd etilishicha, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda havo harorati 24 daraja sovuqqacha tushishi mumkin, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.

Avvalroq Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 8 dekabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilgandi. 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid