«Tolibon» o‘z xaritasida Markaziy Osiyo hududini «o‘zlashtirdi»
Kobulda o‘rnatilgan globusda Eron va Markaziy Osiyo respublikalari hududining bir qismi Afg‘onistonga qo‘shib tasvirlandi.
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri ko‘chalaridan biriga juda katta globus o‘rnatildi. Unda Afg‘oniston Islom Amirligi hududi mamlakatning haqiqiy hududiga qaraganda ko‘proq joyni egallagan. Jumladan, Afg‘oniston hududiga Eron va Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir qismi qo‘shib yuborilgan.
Globusning diametri 8 metr, og‘irligi 2 tonna bo‘lib, motorli mexanizm yordamida aylanib turadi.
Globusni yasagan usta Ismatullo Habibiy boshqa davlatlar chegaralarining o‘zgarishi va hududlarning «o‘zlashtirib» yuborilishini tushuntirar ekan, «Afg‘oniston hududi aniqroq ko‘rinib turishi» uchun shunday qilinganini aytgan.
Xaritani chizgan Ubayd Vardak so‘zlariga ko‘ra, u to‘rt kun davomida «zinapoyadan deyarli tushmasdan» ishlagan.
«Tolibon» vakillari «ixtiro»ni olqishlab, uni Kobul shahri ma’muriyatining yutuqlaridan biri deb atamoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 12.12.2024
Amerikalik tahlilchilar Trampga Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qildi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
16:43 / 07.12.2024