O‘zbekiston | 09:59 / 10.12.2022
3763
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Ummon qo‘shma "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirishni muhokama qilyapti

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov Ummon elchisi Ahmad al-Qasiriy bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi. Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid