Surxondaryoda tog‘ o‘rmonidan 51 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi
Qonunbuzarlar tomonidan o‘simlik dunyosiga 560 mln 550 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiiste’mol qilishi oqibatida 51 tup daraxt kesib ketilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda daraxt kesuvchilarga qarshi tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Ana shunday reydlardan birida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi Machay o‘rmon bo‘limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiiste’mol qilishi natijasida Machay o‘rmon bo‘limining Yetimtol va Almali massivlaridan Zarafshon archa, Shumtol, Uchqad , Zarang kabi jami 51 ta daraxt tag qismi bilan kesib ketilgani aniqlangan.
Bu bilan qonunbuzarlar tomonidan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi talablari buzilib, o‘simlik dunyosiga 560 mln 550 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
18:06 / 15.12.2024
Xitoy eng katta cho‘lni 3 ming kilometrlik «yashil belbog‘» bilan o‘radi
10:40 / 13.12.2024
Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi
13:14 / 05.12.2024
Italiya va O‘zbekiston ekomuammolarga qarshi kurashishda hamkorlikni chuqurlashtiradi
15:20 / 03.12.2024