Jizzaxda yo‘lsozlar aybi bilan sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi
Qor yog‘ib turganiga qaramasdan yo‘lga qum-tuz sepilmagani Nexia va Kia Bongo yuk mashinasi to‘qnashuviga sabab bo‘lgan.
Qalin qor yog‘ganiga qaramasdan mas’ul tashkilot tomonidan yo‘lga qum-tuz aralashmasi sepilmagan va oqibatda odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 8 dekabr kuni soat 19:00 larda 4R-35 Jizzax-Gagarin avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 25-kilometrida harakatlanib borayotgan Nexia haydovchisi muzlama yo‘lda hushyorlikni yo‘qotgan.
Mashina sirpanib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ro‘paradan kelayotgan Kia Bongo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, 8 dekabr kuni YTH sodir bo‘lgan hududda qalin qor yog‘ganiga qaramasdan hududiy yo‘l bo‘limi Jizzax-Gagarin avtomobil yo‘liga qum-tuz aralashmasini sepmagan. Oqibatda odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.01.2025
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
10:01 / 05.01.2025
Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
15:06 / 04.01.2025
Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
16:46 / 03.01.2025