Qo‘qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
Xonadon egasi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan. Uning ukasi shifoxonaga yotqizilgan.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
12 dekabr kuni soat 15:24 da Qo‘qon shahar FVBning «101» qisqa raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Alisher Navoiy mavzesi 101/13-uyda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi oqibatida vafot etgan.
Olib borilgan o‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro D.N. xonadonidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash (portlash) sodir bo‘lgan.
Natijada D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga bo‘lgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:18 / 26.11.2024
Qo‘qonlik tabib yana trendda – uning faoliyati haqida nimalar ma’lum?
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
16:57 / 22.09.2024
Eronda ko‘mir konida portlash ro‘y berdi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan
23:02 / 13.09.2024