Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi
Qoidalarni buzib tezlikni oshirgan Cobalt qayrilib olayotgan yuk mashinasining ortidan borib urilgan.
Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH inson o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa Past Darg‘om tumanidan o‘tuvchi 4P-46 avtomobil yo‘lining 15-kilometrida sodir bo‘lgan.
Tezlikni me’yordan oshirib harakatlanib kelgan Cobalt qayrilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urilgan.
Oqibatda Cobalt’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi esa tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
Mavzuga oid
10:01 / 05.01.2025
Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
15:06 / 04.01.2025
Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
16:46 / 03.01.2025
Qozog‘istonda yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
11:06 / 01.01.2025