Vengriya aviakompaniyasi O‘zbekistonga birinchi havo qatnovini amalga oshirdi
Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasiga tegishli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
O‘zbekistonga Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi yangi parvoz yo‘nalishini ochgan Airbus A321 neo samolyoti an’anaga ko‘ra suv arkasi, ekipaj a’zolari va 141 nafar yo‘lovchi esa karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam havo qatnovlari haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2023 yil 25 yanvaridan boshlab WizzAir Toshkent aeroportiga haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlar boshlashni rejalashtirgan.
WizzAir — Vengriya arzon aviakompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Budapeshtda joylashgan.
Mavzuga oid
17:27 / 08.01.2025
Rasul Kusherbayev Wizz Air ustidan arz qildi. Aviakompaniya uni qora ro‘yxatga kiritgan
17:56 / 06.01.2025
Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi
14:13 / 04.01.2025
Polsha Vengriya elchisiga taklifnomani qaytarib oldi
14:38 / 02.01.2025