O‘zbekiston | 15:00 / 17.12.2022
38991
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Xorazm viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar bermoqda.

Foto: Qo‘shko‘pir tumani hokimligi

Qayd etilishicha, Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi. U bungacha Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Jo‘rabek Rahimov 1981 yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi hisoblanadi.

J.Rahimov 2019 yil 11 fevraldan beri Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldin O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi. 

U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Mavzuga oid