Jahon | 20:28 / 24.12.2022
17416
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Eronning dron zavodlariga zarba berishga chaqirdi

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Eronning dron zavodlariga zarba berishga chaqirdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Podolyakning ta’kidlashicha, Eron Rossiyaga raketa va uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda va «xalqaro sanksiyalar institutini surbetlarcha kamsitmoqda». Shu sababli siyosatchi dron ishlab chiqaradigan korxonalarga barham berish zarurligini aytdi.

«Ishlamaydigan sanksiyalardan, BMT rezolyutsiyalarining yaroqsiz konsepsiyasidan voz kechish payti keldi. Undan ko‘ra destruktiv vositalarga - zavodlarni tugatish, yetkazib beruvchilarni hibsga olishga o‘tish muhim», - deb yozdi Podolyak.

Ukraina tomoni Eron Rossiyaga «Shohid-136» va «Muhojir-6» dronlarini yetkazib beryapti, deb hisoblaydi. Rossiyada ular «Geran-2» nomi bilan Ukrianaga zarba berishda ishlatilmoqda. Eron bu da’volarni muntazam ravishda rad qilib kelmoqda.

Mavzuga oid