O‘zbekiston | 11:07 / 26.12.2022
56935
1 daqiqa o‘qiladi

Deputat Rasul Kusherbayevning vakolati rasman tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi deputat Rasul Kusherbayevning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi.

Rasul Kusherbayev / Foto: Kun.uz

Markaziy Saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning vakolatlarini muddatdan oldin tugatish masalasini ko‘rib chiqdi. Komissiya a’zolari bir ovozdan uning mandatini tugatishni qo‘llab-quvvatladi.

Avvalroq, Rasul Kusherbayev o‘z Telegram-kanalida mandatini topshirmoqchi ekani haqida yozgandi.

«Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman. Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar! Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin!» - degandi deputat.

Rasul Kusherbayevning bunday qarorga kelishiga Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov unga budjet loyihasi muhokamalarida ochiqchasiga so‘z bermagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid