Acer kompyuterda ishlash uchun mo‘ljallangan mashq velosipedini taqdim qildi
Endi o‘tirib ishlash jarayonida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mumkin.
Consumer Electronic Show 2023 (CES 2023) texnoko‘rgazma doirasida Acer kompaniyasi bir vaqtning o‘zida sport bilan shug‘ullanish va kompyuterda ishlash imkonini beruvchi noodatiy mashq velosipedini taqdim etdi.
eKinekt BD 3 nomini olgan yangilikdan kompyuterda ishlash jarayonida foydalanish mumkin– u ish stoli bilan birlashtirilgan velotrenajyordan iborat.
Shuningdek, unda stakan qo‘yiladigan joy, sumka yoki ryukzak uchun ilgak, kompyuter yoki boshqa gadjetni zaryadlash uchun USB Type-A va USB Type-C ulagichlari bor. E’tiborga loyiq jihati – mashq paytida eKinekt BD 3 elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin. U sekundiga 60 marta aylanganida 75 vattgacha quvvat ishlab chiqaradi.
Noodatiy trenajyor velosiped 2023 yilning yozida sotuvga chiqariladi. Acer yangi mahsulot uchun 999 dollar so‘ramoqda, bu taxminan 11,3 mln so‘mga teng.
Mavzuga oid
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
21:22 / 14.12.2024
Xitoy birinchi «gipertovushli samolyot»ni sinovdan o‘tkazdi
19:39 / 29.10.2024
Apple M4 chipli yangi iMac kompyuterini taqdim qildi
18:50 / 21.10.2024