O‘zbekiston | 11:40 / 09.01.2023
7877
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda shahar aholisining ulushi ko‘paymoqda

1991 yil boshida O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan. 

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil boshiga kelib, ushbu ko‘rsatkich 50,9 foizni tashkil etgan hamda 1991 yilga nisbatan 10,6 foizga ko‘paygan.

Yillar kesimida doimiy aholining shahar joylarda yashovchilari ulushi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:  

  • 1991 yil – 40,3 foiz;
  • 2000 yil – 37,4 foiz;
  • 2010 yil – 51,5 foiz;
  • 2020 yil – 50,6 foiz;
  • 2022 yil – 50,9 foiz.

2022 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu bir yil avvalgi yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021 yil 1 iyul holatiga 1 kilometr kvadratga 77,6 kishi).

Mavzuga oid