Jahon | 20:06 / 09.01.2023
8662
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 2020 yildan beri ilk bor sayyohlar uchun chegaralarni ochdi 

Chegaralar koronavirus pandemiyasi tufayli yopib qo‘yilgan edi. 

Foto: Reuters

Xitoy 2020 yil mart oyida sayohatga cheklovlar joriy etilganidan beri birinchi marta chet ellik sayyohlar uchun chegaralarini ochdi, deb yozdi DW

Shuningdek, Xitoy oxirgi uch yildan beri amalda bo‘lgan xorijdan kelganlar uchun majburiy karantinni bekor qildi. Endi xorijdan kelganlar 48 soat ichida olingan koronavirus testning manfiy natijasi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kifoya. 

Qayd qilinishicha, Pekin aeroportida chet eldan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan kelganlarni ajratib turuvchi to‘siqlar olib tashlangan. Shuningdek, himoya kiyimidagi aeroport xodimlari ham g‘oyib bo‘lgan. 

Avvalroq, Xitoy o‘zining Covid-19 siyosatining asosiy elementlaridan voz kechib, deyarli barcha aksilkoronavirus cheklovlarini bekor qilganidan keyin, mamlakatda infeksiyalar soni keskin oshib ketgan edi. Shifoxonalar va krematoriylarda odam to‘lib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda har kuni bir millionga yaqin odam kasallanmoqda.

Mavzuga oid