O‘zbekiston | 14:11 / 16.01.2023
23141
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Prezident energetika sohasi mas’ullarini tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Energetika vazirligi rahbarlari va sohadagi boshqa mutasaddilar yo‘l qo‘ygan kamchiliklar sanab o‘tildi.

«Tolimarjon IESning 800 megavattli energoblokini ta’mirlash ishlari 6 oydan buyon yakunlanmagani natijasida 3 mlrd kilovatt elektr yetkazib berilmagan. Shuning uchun energetika vaziri o‘rinbosari Xo‘jayev degan vallomat, «Issiqlik elektr stansiyalari» rahbari Farhod Abdurahmonovni ham bugun ishdan oldim, qarorga qo‘l qo‘ydim.

Umuman, Azizov, Yo‘ldoshev, bugun ishdan olingan hamma rahbarlar bo‘yicha menga alohida axborot berasizlar. Juda qattiq talab, tartib, intizom. Tizim bo‘lishi kerak O‘zbekistonda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» [rahbari] janob Mustafoyev, past quvvatli tarmoq va transformatorlarni yangilash bo‘yicha reja 50 foizga ham bajarilmagan. Shuningdek, «O‘ztransgaz»ning Normatov degan vallomati... 27 ta yirik gaz kompressoridan 8 tasi hali ham nosoz holatda. 

Shu bilan birga, «O‘zbekneftgaz»ning Abdullayev degan vallomati bor. Oltita gaz kondensator kompressor stansiyalarida ta’mirlash ishlari yakunlanmagan.

[Energetika vaziri] Mirzamahmudov degan janob xorijiy kompaniyalar tomonidan gaz qazib olish hajmlari 2022 yil bir yarim milliard kub metrga kamayishiga yo‘l qo‘ygan.

Bularning oqibatida respublika bo‘yicha yillik iste’molning 20 foiziga teng miqdordagi gaz aholiga yetkazib berilmagan.

Normatov, Abdullayev va Mustafoyev ishdan olinib, hayfsan berilib, uch oy sinov muddati», dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid