O‘zbekiston | 19:48 / 17.01.2023
38078
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentliklar “svet” va gazsiz sovuqda qanday jon saqlamoqda?

Qariyb 10 kundan beri davom etayotgan anomal sovuqda jon saqlash oson kechayotgani yo‘q. Butun respublika bo‘ylab energorecurslar taqchilligi kuzatilmoqda. Kun.uz poytaxtning elektr energiyasi va gaz ta’minotisiz qolgan xonadonlarida bo‘lib, odamlar energiya ta’minotisiz qanday kun ko‘rayotgani bilan qiziqdi.

O‘zgidromet 17 yanvardan ayrim hududlarda kunduzgi havo harorati 2 daraja iliqqacha ko‘tarilishi haqida xabar bergan bo‘lsa-da, kechasi 10-17 daraja sovuq saqlanib turibdi. Qahraton qishda poytaxtliklar energiya ta’minotidagi uzilishlar girdobida qolgan, kechalari harorat -20 darajagacha tushib ketgan kunlarda jon saqlashning o‘zi bo‘lgani yo‘q.

Kun.uz Chilonzor tumanida yashovchi, sutkalab chiroqsiz o‘tirgan odamlar bilan suhbatlashdi, ular qanday sharoitda qahraton qahrini yengishayotgani bilan tanishdi.

Uyda gaz va “svet” yo‘qligi sababli odamlar ko‘chada o‘t yoqib choy qaynatishmoqda / Chilonzor tumani Foto: Kun.uz

Izg‘irinda muzlagan uylarda yosh bolalar va keksalar hammadan ko‘proq qiynalmoqda Foto: Kun.uz
Sovuq havo kirmasligi uchun eshiklarga odeyallar osilgan, derazalarga “plyonka” qoqilgan Foto: Kun.uz

Yosh bolasi bor aksariyat odamlar energota’minot bir qator yaxshiroq hududdagi qarindoshlarinikida yashab turishgan bo‘lsa, anomal sovuqda mehmonxonalardan panoh topganlar ham talaygina.

Qayergadir ko‘chib borish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar noiloj muzlagan uylarida qolishmoqda va qahratonda jon saqlashning o‘ziga xos usullarini o‘ylab topishmoqda.

Izg‘irin ta’sirida ayrim uylarning shiftlari va chetlari mog‘orlab ketmoqda Foto: Kun.uz

Suratlar muallifi: Hasan Yusupov

Mavzuga oid