Jahon | 23:01 / 23.01.2023
19062
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingini taqdim qildi 

Ro‘yxatda Uorren Baffet, Bill Geyts, Jorj Soros kabi milliarderlar yetakchilik qilmoqda. 

Foto: forbes

Forbes jurnali AQSh tarixidagi eng saxiy 25 milliarder homiy reytingini e’lon qildi. Nashr ularning umri davomida xayriya tadbirlariga sarflagan pullarini hisoblab chiqdi. 

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Berkshire Hathaway kompaniyasi direktori Uorren Baffet egallab turibdi. 92 yoshli milliarder hayoti davomida xayriya ishlariga 51,5 milliard dollar sarflagan. Uning mablag‘lari asosan sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va qashshoqlikka qarshi kurash uchun yo‘naltirilgan. 

Eng saxiy milliarderlar beshligiga Baffetning The Giving Pledge xayriya loyihasidagi sheriklari ham kirgan. Jumladan, Microsoft kompaniyasi asoschisi va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Bill Geyts va Melinda French Geyts (38,4 milliard dollar), moliyachi Jorj Soros (18,4 milliard dollar), Amazon asoschisi Jyeff Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skott (14,43 milliard dollar) va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg (14,4 milliard dollar). 

Umuman olganda, reytingdagi milliarderlar xayriya ishlariga 196 milliard dollar sarflagan. Ularning umumiy boyligi 936 milliard dollarga baholangan. 

Mavzuga oid