O‘zbekiston | 12:38 / 24.01.2023
11430
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Eron prezidentining rafiqasi bilan uchrashdi

Tehronda (Eron) Nufuzli ayollar birinchi xalqaro kongressidagi ishtiroki doirasida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Eron prezidentining rafiqasi Jamileh Alamolxoda bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo AA

Uchrashuvda madaniy-gumanitar rivojlanish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Eronning birinchi xonimi mehmonni qutlar ekan, xalqaro kongress ishtirokchisi bo‘lish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tadbir ayollarning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat imkoniyatlaridan hamda yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun mavjud yuqori salohiyatdan foydalanishga kelishib olindi.

 

Mavzuga oid