Svetlana Ortiqova: «Afsuski, O‘zbekistonda hozirgi kunda odil sudlov ta’minlanmagan»
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova O‘zbekistonda nega odil sud jarayoni ta’minlanmagani va bu nima bilan bog‘liqligini aytdi.
«Odil sudlov deganda tergovchi, prokuror, advokat va sudya ko‘z oldimizga keladi. Agar shu 4 ta professional bilimga ega, korrupsiyadan xoli bo‘lsa, shundagina odil sudlovni ta’minlay olamiz. Afsuski, O‘zbekistonda hozirgi kunda odil sudlov ta’minlanmagan», – dedi u xalqaro press-klubdagi matbuot anjumanida.
Svetlana Ortiqova prezident Shavkat Mirziyoyev ham Oliy Majlisga va xalqqa murojaatnomasida bu haqda gapirganini esladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 2022 yil 14 noyabr kuni odil sudlovni ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi.
Yig‘ilish davomida har yili o‘rtacha 1,5 million kishi sudlarga murojaat qilishi ma’lum bo‘ldi. Viloyat sudlari tomonidan adolatli qarorlar chiqarishda yetarlicha mas’uliyat ko‘rsatilmayotgani bois qog‘ozbozlik ko‘p. Masalan, 2022 yil boshidan buyon viloyat sudlari qarorlaridan norozi bo‘lgan 18 ming fuqaro Oliy sudga murojaat qilgan.
«Sud jarayoni eskicha davom etmoqda, advokatlarning nufuzi past. Tergovchilar o‘z ustida ishlashni to‘xtatgan», — deya ma’lum qilgandi prezident matbuot xizmati o‘shanda.
Mavzuga oid
16:19
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024