O‘zbekiston | 14:03 / 29.01.2023
16672
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashdi

Spark yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangan.

Foto: Videodan skrinshot

Surxondaryo viloyati Angor tumanida Spark va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 28 yanvar kuni soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida sodir bo‘lgan.

Tez yordam mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida Spark haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishi oqibatida to‘qnashuv ro‘y bergan.

Natijada Spark’ning 22 yoshli haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.

Mavzuga oid