O‘zbekiston | 14:19 / 07.02.2023
8716
1 daqiqa o‘qiladi

Neyroxirurgiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Doniyor Mirazimov bungacha Zangiotadagi koronavirus shifoxonasi rahbari edi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Doniyor Mirazimov Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, tibbiyot fanlari nomzodi D. Mirazimov professional faoliyatini aynan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. Shundan keyin ushbu muassasada shifokor-neyroxirurg, bosh shifokor bo‘lib ishlagan.

Bundan tashqari, D. Mirazimov Sog‘liqni saqlash vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba mudiri kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

U 2020 yildan beri 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid