O‘zbekiston | 09:12 / 08.02.2023
8384
1 daqiqa o‘qiladi

Malaysia Airlines Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklayapti

Malayziyaning Malaysia Airlines aviakompaniyasi Kuala-Lumpur - Toshkent - Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. 

Foto: Malaysia Airlines

Birinchi charter reysi 2023 yil 1 martga belgilangan. Reyslar har o‘n kunda bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Malayziya aviatashuvchisi ilk parvozini O‘zbekistonning Osmon Aero sayyohlik operatori bilan kelishuv doirasida 2022 yil 9 iyul kuni amalga oshirgan edi.

Malaysia Airlines — shtab-kvartirasi Selangor shtatida joylashgan Malayziyaning milliy davlat aviakompaniyasi.

Mavzuga oid