Respublikachilar Trampga qarshi «fitna» uyushtirmoqchi – Politico
Partiya yetakchilari va homiylari Trampning prezidentlik saylovida ishtirok etishiga qarshi.
AQSh Respublikachilar partiyasi homiylari va yetakchilari 2024 yilgi saylovda sobiq prezident Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qilmoqchi, biroq uning raqiblarida hali aniq reja yo‘q, deb yozdi Amerikaning Politico nashri.
Jurnalistlarning qayd etishicha, agar Tramp 2016 yildagi kabi praymerizda yana 30-40 foiz ovoz to‘plasa, g‘alaba qozonadi va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘ladi. Biroq partiya yetakchilari uning prezidentlik saylovida yutqazib qo‘yishidan qo‘rqadi.
«U xuddi metastaza qilayotgan saratonga o‘xshaydi, agar nazorat etilmasa, partiyani yo‘q qiladi. Donald Tramp — omadsiz. U Guverdan keyin Vakillar palatasi, Senat va prezidentlik lavozimini bir muddatda boy bergan birinchi prezident bo‘ldi... U, ehtimol, mamlakatda Jo Baydenni mag‘lub eta olmaydigan yagona respublikachi, yagona inson», dedi Respublikachilar partiyasi uchun mablag‘ yig‘uvchi Erik Levin.
Shu bilan birga, Respublikachilar partiyasining eng yirik homiylari allaqachon siyosatchining saylovoldi kampaniyasiga homiylik qilishdan bosh tortgan. Jumladan, Americans for prosperity siyosiy guruhi asoschilari aka-uka Charlz va Devid Kox 2024 yilgi saylovda Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan. Misol uchun, ushbu guruh 2022 yilda respublikachilarni Kongress saylovida qo‘llab-quvvatlashga 80 mln dollar ajratgan edi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilgi saylovda ishtirok etish niyatida ekanini, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini aytgan edi.
Mavzuga oid
21:16 / 26.12.2024
Tramp Meksika va Kanadaga AQSh shtatlari bo‘lishni taklif qildi
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024
Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi
14:17 / 26.12.2024