O‘zbekiston | 18:22 / 15.02.2023
42492
2 daqiqa o‘qiladi

Yangibozor tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

U – Qahramon Quronboyevning akasi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qo‘chqorovich Qurbonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda UzA manbasi xabar bermoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, u salomatligidagi muammo tufayli o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgan.

Endilikda Zafar Atanazarovich Abdirimov Xazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Z.Abdirimov bunga qadar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati edi. 

O‘ktamboy Qurbonov muqaddam Hazorasp tumani hokimi bo‘lib ishlagan, 2018 yil dekabrida Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgandi. 2020 yil mart oyida esa Yangibozor tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

O‘ktamboy Qurbonov prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyevning akasi hisoblanadi.

2021 yil dekabrida internetda ushbu hokim fermerlarni haqorat qilgani aks etgan audio tarqalgan, ammo unga chora ko‘rilmagandi.

Mavzuga oid