O‘zbekiston | 09:14 / 01.03.2023
3775
1 daqiqa o‘qiladi

Sodiq Safoyev YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasining (YeXHT PA) Vena shahrida bo‘lib o‘tgan qishki sessiyasi doirasida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz

Suhbat chog‘ida YeXHT vakiliga O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash, ijtimoiy taraqqiyotda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan huquqiy va institutsional chora-tadbirlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi

Tereza Ribeyro O‘zbekiston tanlagan yo‘nalish jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish nuqtayi nazaridan yagona to‘g‘ri yo‘l ekanligiga ishonch bildirdi. U davlat boshqaruvi tizimidagi ma’muriy islohotlarni yuqori baholadi, bunda davlat institutlari faoliyatida to‘liq shaffoflik ta’minlanishi va ularning mas’uliyati kuchaytirilishini qayd etdi.

Xorijlik mutaxassislar va YeXHT ekspertlari ishtirokida treninglar hamda o‘quv kurslarini tashkil etish orqali jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid