O‘zbekiston | 18:31 / 22.03.2023
9260
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga bordi

Foto: Twitter / MoDAfghanistan2

Bugun, 22 mart kuni O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi.

Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar iqtisodiyot va siyosat sohasidagi masalalarni muhokama qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari chegaralarni qo‘riqlash, xavfsizlik va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashgan. Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston tomoniga siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik va boshqa sohalarda yordam berishga tayyorligini bildirgani aytiladi.

Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ham bor.

Mavzuga oid